16 apr 10:38
Yangiliklar

Belal Muhammad: "Odamlar CHimaevni robot yoki Marvel qahramoni deb o'ylaydi, ammo hammamiz ham qon to'kyapmiz"
"U men uchun har doim kuchli jangchi bo'lib tuyulgan, shunday ekan, men bu jangning o'tkazilishini xohlayman. Menimcha, u hali ham ajoyib jangchi. Xamzat engilmas va juda yosh. Odamlar uni robot yoki Marvel qahramoni deb o'ylashadi, u sizni yiqitishi uchun sizga teginishi kerak.
Biz barchamiz insonmiz va barchamiz qon to'kamiz. CHimaev reytingdagi ikkinchi raqamli jangchi bilan to'qnash kelganida va avvalgidek ishonch bilan g'alaba qozona olmaganida ham shu darajada edi-ki, barcha uni yomon deb o'yladi. Men uni hali ham kuchli jangchi, divizionimizda mendan tashqari barchani mag'lub etishi mumkin deb o'ylayman.
Ularning jangida to'rtinchi va beshinchi raundlarda nima bo'lishini ko'rish qiziqarli edi. Uchinchi raundda ikkisi ham charchagandek ko'rindi, biroq ular joni boricha jang qilishdi", - dedi Muhammad.
Fikrlar