So’nggi yangiliklar

11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0

23 noy 11:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Belal Muhammadni mag'lub etgan Yen Garri Islam Maxachevga maktub qoldirdi

Qatarda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 265 turnirida Belal Muhammadni mag'lub etgan Yen Machado Garri yarim o'rta vazn toifasida yangi chempion Islam Maxachevga yuzlandi.

Uning fikricha, Islam ilk chempionlik himoya jangini aynan Garriga qarshi o'tkazishi kerak. 

"Biz buni yana takrorladik. Men sobiq chempionni, to'qqiz yil davomida hech kim finish qila olmagan juda kuchli va chidamli raqibni mag'lub etdim va butun dunyoga qanchalik yaxshi ekanligimni ko'rsatdim. Barcha teykdaunlarni to'xtatib, uni stoykada taslim etdim.

Islam Maxachev, endi to'g'ridan-to'g'ri senga murojaat qilyapman. Senda kamarni dunyoning eng zo'riga qarshi himoya qilish majburiyati bor va hozir sen unga tik qarayapsan. SHunday ekan, tayyor bo'lganingda, senda xohish paydo bo'lganida, chunki to'p hozir sening savatingda, bizda Irlandiya va Dog'iston 2 o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'ladi. Ammo endi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik uchun", - dedi irlandiyalik ijtimoiy tarmoqda elon qilingan videoda.

SHuningdek, Garri tadbirdan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrini davom ettirdi.

"Menda Islam Maxachevga nisbatan hurmatdan boshqa hech narsa yo'q. U dunyoning eng yaxshi jangchisi va mening divizionim chempioni. Ammo sen mening orzularim yo'lida turganingda, amin bo'lki, men sening boshingni olaman. Men u bilan navbatdagi jangni o'tkazishim kerak. Divizionda menikidek xizmat ro'yxati boshqa hech kimda yo'q. Rodriges, Megni, Jeff Nil, Maykl Peyj, SHavkat, Prates, endi esa Belal Muhammad... men titul imkoniyatini qo'lga kirita olmayman? Men bunday deb o'ylamayman.

Islam Maxachev - Xabibning himoyachisi. Men esa Konorning himoyachisiman. U Xabibning eng yaxshi versiyasi. Men esa Konorning. Bu ajoyib jang va uni tashkillashtirish kerak. U meni parterga o'tkazishi kerak bo'ladi. Men esa tik turishim kerak. U istalgan vaqt va joyni tanlashi mumkin - men u bilan Dog'istonda ham jang qilishga tayyorman. Bu meni qo'rqitmaydi. Ammo u to'g'ri yo'l tutishi va dunyodagi eng yaxshiga qarshi himoyani amalga oshirishi kerak va bugun men bu - men ekanligimni isbotladim", - dedi Garri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing