28 okt 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47620_220.jpg)
Belaruslik bokschi endi IBF chempioni!
Belaruslik 25 yoshli Ivan Baranchik birinchi yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamarining yangi sohibiga aylandi.
SHu bilan birga u Butunjahon boks Superseriyasining yarim finaliga ham yo'l oldi. Baranchik ettinchi raundda Entoni Yigitni texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi chorak final uchrashuvi 3 noyabr kuni SHotlandiyaning Glazgo shahrida bo'lib o'tadi. Unda Josh Teylor va Rayan Martin o'zaro to'qnash kelishadi. G'olib bokschi Ivan Baranchikning raqibiga aylanadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar