So’nggi yangiliklar

17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0 14:01Дана Уайт кимни UFC P4P рейтинги етакчиси деб ҳисоблашини айтди 0 13:39Аббосбек Файзуллаев унга ЦСКАда энг кўп ёрдам берган футболчи ким эканлигини айтди 0 13:17Ислам Махачев UFCда кетма-кет ғалаба қозониш бўйича Хабиб Нурмагомедовдан ўтиб кетди 0 12:5517 ёшли Мирра Андреева фаолиятида илк бор "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0

26 okt 13:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Belgraddan kundalik: O'zbekiston - Qozog'iston qarama-qarshiligi, bizning "sirli tulpor" va germaniyalik jurnalistning iltimosi

Serbiyadagi jahon chempionati ham boshlandi.

Ushbu material orqali muxlislar ko'rmayotgan, ammo ular uchun qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan holatlar haqida bayon qilmoqchiman. 

Kuni kecha bokschilarimizning mashg'ulot jarayonini kuzatdik. Nafaqat biz, balki xorijiy OAV vakillari uchun ham yigitlarimizning qay tarzda shug'ullanishi qiziqarli jarayon. Ana shulardan biri germaniyalik hamkasbimiz Markos bo'ldi. U Serbiyaga kelishdan oldin o'zi bilan o'zbekistonlik bokschilarning suratini olib kelgan va ushbu suratlarga bokschilarimizning shaxsan o'zidan avtograf oldi. O'zbekistondan ekanligimni bilib mendan ham bu borada kichik yordam so'radi va o'z navbatida mamnuniyat bilan unga yordam berdim. Mirazizbek Mirzaxalilov, Nodirjon Mirzaxmedov, Hasanboy Do'smatov va SHahram G'iyosov kabi bokschilarimizdan u imzo qo'yib berishni iltimos qildi. 

Faqat u tezroq o'z yurtiga ketishi lozimligini, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bilan uchrashishga ulgurmasligini aytgan holda uning suratlariga imzo qo'ydirishni mendan iltimos qildi. O'z navbatida kecha Bahodir bilan uchrashuvda uning iltimosi bajarildi. Endi Serbiyadan Germaniyaga ushbu suratlarni pochta orqali jo'natib yuborish qoldi xalos. 

Aytgancha, Bahodir Jalolov AIBA tomonidan jahon chempionatiga mehmon sifatida taklif etilgan. Unga O'zbekiston boks federaciyasi xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i SHohid Tillaboev hamroxlik qilmoqda. Yaqin orada Bahodirga oid yana bir yangilik elon qilinishi kutilmoqda. 


Terma jamoa va OAV uchun ajratilgan mehmonxonalar orasidagi masofa biroz uzoqligi sabab terma jamoa atrofidagi muhitni yoritishda kichik muammolar yuzaga kelmoqda. Ammo shunday bo'lsada, kamina va qo'shni saytidagi 4 nafar hamkasbim bilan birgalikda imkon darajasida "amallayapmiz".

Jahon chempionatini bevosita yoritish huquqini beruvchi akkreditaciyalarni olar ekanman, AIBAda faoliyat olib boruvchi hamkasblarimiz nima uchun Bahodir ushbu musobaqada qatnashmayotganligini, ular Jalolovni JCHda ko'rishni istaganliklarini takidlashdi. Ularga javoban esa Bahodir Olimpiadadan so'ng dam olganligini, endigina mashg'ulotlarga qaytganini, u katta ehtimol bilan etiborini professional boksga qaratmoqchi ekanligini aytdim. O'z navbatida ular ham jahon va Olimpiada chempionligidan so'ng prof boksga o'tish to'g'ri qaror ekanligi haqida fikr bildirishdi. 

Serbiya-2021 musobaqasining ochilish marosimida eng og'ir vaznli Lazizbek Mullojonov terma jamoamiz bayroqdori sifatida ishtirok etgani haqida O'zbekiston boks federaciyasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali xabar berib o'tgandik. Bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligida o'tkazilgan kichik yig'ilishda aynan Lazizbekning bayroqdor bo'lishi elon qilingandi. "Terma jamoa bayroqdori bo'lish doimo sharaf hisoblanadi. O'zimga bildirilgan ishonchni his qilib turibman va ushbu imkoniyatdan foydalanishga maksimal ravishda harakat qilaman. Men tayyorman", - deya fikrlarini bildirdi Lazizbek Mullojonov O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmatiga.


Janglar Belgraddagi "Stark Arena"da tashkil etildi. Ko'pfunkciyali ushbu muhtasham arenada bu yilgi jahon chempionati g'oliblari aniqlanadi. Arenada media xodimlari faoliyat olib borishi uchun maxsus zona tashkil etilgan. Vay-fay bilan bog'liq kichik muammolar yuzaga kelganini hisobga olmasa, ishlash uchun sharoitlar yaratib qo'yilgan. Kechagi muammolardan hulosa chiqargan holda bugun "qurollangan" holda arenaga borishni maqsad qilib qo'ydik. 

Ish jarayonida qozog'istonlik hamkasbimiz ham biz bilan birga faoliyat olib bormoqda. Quradan so'ng bir qator mavzularda u bilan suhbatlashdik. Suhbatda albatta -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do'smatov va Saken Bibosinov qarama-qarshiligi haqida ham gap ketdi. Darvoqe, bu safargi jahon chempionatida yangi vazn toifalari ham qo'shilgani sabab, qura jarayonida bokschilar reytingga ajratilmadi va aynan shu narsa bizga ilk bosqichdayoq Do'smatov - Bibosinov va katta ehtimol bilan G'iyosov - SHimbergenov qarama-qarshiligini kuzatish imkoniyatini taqdim etdi (bokschilarning uzoq vaqtdan buyon havaskor ringda jang o'tkazmaganliklari alohida mavzu). Qozog'istonlik do'stimiz bilan suhbatda yana qozoq OAVlari saytlarda O'zbekiston - Qozog'iston qarama-qarshiligini bo'rttirib yoritishlari haqida so'radim. U esa bu juda qiziq mavzuligi va shu orqali o'quvchilarni o'zlariga jalb qilish uslubi ekanligini takidladi. 


Hullas, jahon chempionatini chiroyli g'alaba bilan boshladik. Kecha Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev irlandiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, barchamizni xursand qildi. Unga terma jamoamizdagi "sirli tulpor" tarifini bergan bo'lardik. Nafaqat xorijiy, balki o'zbek muxlislari uchun ham nisbatan yangi nom. SHunchaki ushbu nomni eslab qolishni tavsiya qilaman. 



Bugun uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Yurtdoshlarimizning bugungi ishtirokini Odiljon Aslonov tanzaniyalik raqibga qarshi boshlab bersa, Hasanboy Do'smatov qozog'istonlik bokschi bilan o'zaro hisob-kitob qiladi. SHuningdek Osiyo chempioni Saidjamshid Jafarov slovakiyalik bokschiga qarshi jang bilan jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi. 

Janglarning boshlanish vaqti va juftliklar haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.

Eslatib o'tamiz, janglar "Uzreport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. 

Aziz To'xtamurodov, Belgrad shahridan

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing