06 apr 16:38
Yangiliklar
Tennis
Belinda Benchich raqibasiga uchta geym berdi
AQSHning CHarlston shahrida tennis bo'yicha WTA turniri o'tkazilyapti.
Sayyoramizning 11-raketkasi, ushbu musobaqaning amaldagi g'olibasi Belinda Benchich ikkinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 148-o'rinni egallab turgan kanadalik Ketrin Sebovni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/0, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Oltmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Benchich 1 ta eys, 5 ta breyk qayd etdi va qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Endi shveycariyalik tennis malikasi Credit One Charleston Open turnirining navbatdagi bosqichida amerikalik SHelbi Rojersga qarshi kortga chiqadi. SHelbi vatandoshi Keti Makneylidan ustun kelgan - 6/7(4), 7/5, 6/1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar