31 iyu 21:00
Yangiliklar
Tokio-2020
Belinda Benchich Tokio Olimpiadasi chempioni bo'ldi
Tokioda tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Olimpiya o'yinlarining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda jahonning 12 raketkasi shveycariyalik Belinda Benchich WTA reytingida 42 o'rinni egallab turgan chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqdi. 2 soatu 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda Benchich raqibasini 7/5, 2/6, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Olimpiya o'yinlari chempioniga aylandi.
Benchich faoliyatidagi ilk Olimpiadada oltin medalga sazovor bo'ldi va yakkalik bahslarida bunday natijani qayd etgan birinchi shveycariyalik ayolga aylandi. Vondrousova ham birinchi marta Olimpiadada chiqish qildi va o'zining birinchi medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar