18 okt 16:05
Yangiliklar
Tennis

Ninbo (WTA). Jasmin Paolini 1/4 finalda 200 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi
Xitoyning Ninbo shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raqamli tennis malikasi Jasmin Paolini qiyinchilik bilan musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi. Italiyalik tennischi 1/4 finalda WTA reytingida 14-o'rinni egallab turgan shveycariyalik Belinda Benchichni 5/7, 7/5, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennis malikalarining o'zaro to'rtinchi uchrashuvidan keyin hisobdagi muvozanat tiklandi - 2:2. Uch soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Paolini 4, Benchich 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Belinda uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi foydasiga - 7 ga 6.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar