07 noy 12:56
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. Jessika Pegula 1/2 finalga yo'l oldi
Dunyoning beshinchi raketkasi Jessika Pegula Ar-Riyodda davom etayotgan tennis bo'yicha Yakuniy WTA turnirining 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.
Amerikalik tennis malikasi guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida WTA reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan italiyalik Jasmin Paolinini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3. Jessika tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan ustunlik qilmoqda - 5:1.
Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Pegula 2 ta eys, 4 ta breyk qayd etib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Ikki g'alaba Pegulani 1/2 finalga olib chiqdi, Paolini esa uchchala uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchratdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar