20 noy 08:26
Yangiliklar

Bellator 253. Markaziy jang bir yarim daqiqa davom etdi
Bir necha daqiqa avval yakuniga etgan turnirning anderkard jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik 37 yoshli sobiq UFC chempioni Benson Xenderson hamda yana bir AQSH vakili, 30 yashar Jeyson Jekson o'rtasida bo'lib o'tdi. To'liq uch raund davom etgan jangda Jekson ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi – 30-27, 30-27, 30-27. Bu Benson uchun MMAdagi 12-g'alaba bo'ldi. Uning hisobida 4 ta mag'lubiyat ham bor. Bellator`dagi g'alabalari esa 3 taga etdi.
Oqshomning markaziy jangi esa engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda sobiq Bellator chempioni amerikalik 32 yoshli Derrion Kolduell 25 yashar hamyurti Ey Jey Makkiga qari oktagonga chiqdi. Jang biroz kutilmaganda Makkining muddatidan oldin erishgan g'alabasi bilan yakunlandi. Jangning birinchi daqiqasi 33-soniyasi o'tib borayotgan bir paytda Ey Jey raqibini bo'ynidan bo'g'ish usuli bilan g'alabaga erishdi.
Fikrlar