11 dek 16:24
Yangiliklar
Bellator 254: CHempionning ilk mag'lubiyati, "CHangalzor qiroli"da g'alaba + FOTO
Muxlislar Bellator 254 turniriga guvoh bo'lishdi. Turnirning markaziy jangi ayollar o'rtasida engil vazn toifasi chempionligi uchun bo'lib o'tdi. Unda Ilima-Ley Makfarleyn hamda Juliana Velaskes o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi.
Kutilmaganda amaldagi Bellator chempioni Ilima-Ley Makfarleyn mag'lubiyatga uchrab, kamaridan mahrum bo'ldi. Bu uning faoliyatidagi ilk mag'lubiyat edi. Juliana Velaskes esa g'alabali odimini davom ettirdi. U barcha janglarida zafar quchgan. Besh raund yakunlariga ko'ra hakamlar bir ovozdan 49-47, 48-47, 48-47 hisoblarida Velaskesning g'alabasini taminlashdi.
Oqshomning anderkard jangida sobiq ACB chempioni Magomed Magomedov promoushendagi debyutini g'alaba bilan nishonladi. Dog'istonlik sportchi braziliyalik raqibi Mateus Mattosdan 30-26, 30-27, 30-27 hisoblarida ustun keldi. Bu g'alabasidan so'ng u o'zini "Bellator changalzorining yangi qiroli" deb elon qildi.
Boshqa natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, britaniyalik Linton Vassell ikkinchi raundda Ronni Markesni texnik nokautga uchratdi. SHamil Nikaev esa murosasiz kechgan bahsda Kemran Lachinovni 29-28, 29-28, 29-28 hisoblarida engdi.
Fikrlar