16 fev 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC sobiq chempioni Keyn Velaskes qamoqdan ozod qilindi
42 yoshli og'ir vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni Keyn Velaskes 15 fevral kuni qamoqdan ozod etilganini elon qildi.
U 2022 yilda sodir etgan qotillikka urinish va noqonuniy o'qotar qurol bilan hujum qilish aybi bilan besh yillik qamoq jazosini o'tayotgan edi.
"15 fevral kuni qamoqdan ozod qilinganimdan beri San-Xose hududida bir kunlik Holotropik nafas olish bo'yicha seminar o'tkazish g'oyasini o'rganib chiqdim. Nafas olish men uchun - jismoniy, ruhiy va manaviy jihatdan kuchli vositaga aylandi va men buni boshqalar bilan tinch muhitda baham ko'rmoqchiman", deb yozgan Velaskes ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar