30 apr 20:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 258'dagi uzoq kutilgan jang bekor qilindi
Bellator Gran-prisidagi uzoq kutilgan Entoni Jonson va Yoel Romero o'rtasidagi jang bekor qilindi.
Bunga Yoel Romeroning tibbiy jihatdan jangga tayyor emasligi sabab bo'ldi. Jang 7 may kuni Bellator 258 turnirida o'tkazilishi lozim edi.
"Yoel Romero tibbiy testlarning natijasiga ko'ra jangga qo'yilmadi. SHu sababli ushbu jang bekor qilinadi. Entoni Jonson esa zahiradagi boshqa jangchi bilan jang qiladi. Raqib nomi tez orada malum qilinadi", - deb yozadi Bellator tashkiloti.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar