24 okt 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 269. Moskvada Nurmagomedov ishtirokida jang bo'lib o'tdi + FOTO
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida Bellator 269 turniri o'tkazildi.
"VTB-Arena"da o'tgan oqshomning qiziqarli janglaridan biri Usman Nurmagomedov ishtirokida bo'lib o'tdi. Jang muddatidan avval birinchi raunddayoq yakunlandi. Usman finlyandiyalik raqibi Patrik Pietilani bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Usman Nurmagamedovning Bellator promoushenidagi ketma-ket qozonilgan uchinchi g'alabasi bo'ldi. 23 yoshli Usman shu yilning aprel oyida Bellator tashkilotida debyut qilgandi. U avvaliga Mayk Xemil, keyin esa Menni Muroni texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar