18 fev 15:39
Yangiliklar

Bellator. Nemkov - Anderson jangining aniq sanasi malum
SHuningdek, yarimengil vazn toifasida amaldagi Bellator chempioni Jim MakKi va ikki karra sobiq chempion Patrisio Freyrening titul uchun revansh jangi ham ushbu musobaqadan o'rin olgan.
Vadim Nemkov Fil Devis ustidan ochkolar evaziga g'alaba qozonib, Julius Englikas ustidan to'rtinchi raundda g'alaba qozongan bo'lsa, Kori Anderson Dovletjan Yagshimurodov va Rayan Beyderni nokautga uchratib, gran-pri finaliga yo'l oldi. Jangchilar Bellator chempionlik kamari, Gran-pri unvoni, shuningdek, bir million dollar uchun kurashishadi.
O'tgan yilning iyul oyida MakKi Patrisio Freyreni birinchi raundda "gilyotin" usuli bilan mag'lub etib, Bellator chempionlik kamariga ega chiqdi. SHundan so'ng, braziliyalik jangchi engil vazn toifasidagi chempionlik kamaridan bosh tortdi va bor etiborini amerikalik jangchi bilan tezkor revanshga qaratmoqchi emasligini aytdi.
Fikrlar