22 okt 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Bellator prezidenti COVID-19 sabab Moskvadagi turnirni bekor qilish ehtimolini baholadi
Bellator prezidenti Skott Koker butun Rossiya bo'ylab tarqalgan koronavirusning o'sib borayotgan dinamikasi fonida Bellator 269 turnirini bekor qilish ehtimolini baholadi.
«O'ylashimcha, koronavirus bilan bog'liq vaziyatning yomonlashuvi rejalarimizga tasir o'tkazadi. Bu biz hal qilishimiz kerak bo'lgan muammo. London bundan mustasno, lekin bu teskari yo'naltirilgan dinamikadir. Ammo, sizni ishontirib aytamanki, nima bo'lishidan qatiy nazar, hammasi yaxshi yakunlanishi kerak», - dedi Skott Koker.
Eslatib o'tamiz, turnirning asosiy jangi Fedor Emelyanenko va Timoti Jonson o'rtasida bo'ladi. Turnir ertaga 23 oktyabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar