13 okt 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bellator" prezidenti Emelyanenko va Silva o'rtasidagi jang haqida gapirdi
"Bellator" prezidenti Skott Koker Fedor Emelyanenko va Anderson Silva o'rtasidagi jang bo'lishiga ishonchi komil emasligini aytdi.
"O'ylashimcha, Anderson bor etiborini boksga qaratgan. U bilan gaplashmadim. Menimcha, u boksni yoqtiradi. U Jeyk Polga qarshi jang qilmoqchi. Imkonim bo'lsa men ham shunday qilardim. Yana bir muammo bor — vazn toifasi.
Agar Emelyanenko - Anderson jangini tashkil etsak ham, menimcha, Anderson og'ir vazn toifasida jang qilishdan bosh tortadi. SHunday ekan nima uchun Fedor vazn yo'qotishi kerak? U ham og'ir vaznli jangchi.
Demak, bu jang bo'lish ehtimoli kam. Ammo, muxlis sifatida bu menga yoqadi", - dedi Koker.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar