12 iyu 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator prezidenti: "Fedor menga jang qilmoqchi bo'lgan besh jangchi nomini aytdi"
"Bellator" promousheni prezidenti Skott Koker rossiyalik MMA jangchisi Fedor Emelyanenkoning keyingi raqibi kim bo'lishi haqida gapirdi.
"Fedor menga jang qilmoqchi bo'lgan besh jangchi nomini yozib yubordi.
Tushunamanki, u kimga yutkazgan bo'lsa, o'shalar bilan revansh o'tkazishni xohlayapti. Mett Mitrion ham shular jumlasidandir", - dedi Skott Koker.
Eslatib o'tamiz, Fedor Emelyanenko so'nggi jangini 2019 yilda Kvinton Jeksonga qarshi o'tkazib, nokaut bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar