27 noy 10:15
Yangiliklar

Bellator prezidenti MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi-ayol kimligini aytdi
Uning aytishicha, Bellator chempioni, sobiq Invicta FC, Strikeforce va UFC promoushenlari chempioni Kris Sayborg MMA tarixidagi eng kuchli ayol jangchi ekan.
"Tan olish kerak, Sayborg — MMA tarixidagi eng kuchli ayol-jangchi. U 13 yil davomida mag'lubiyat nimaligini bilmagan. Kim yana shunday natijaga erishgan? Uning faoliyatidagi yagona mag'lubiyati MMA tarixidagi eng kuchli, eng yaxshi jangchi bo'lishi uchun to'sqinlik qila olmaydi. Kris haligacha yuqori tempda jang namoyish etib kelmoqda. Raqibalarini deyarli sezmayapti.
Sayborg — Mayk Taysonning erkak ko'rinishi. Kris o'sha yagona mag'lubiyati uchun revansh olish huquqiga ega. Agar UFC promousheni Kris Sayborg - Amanda Nunes revansh jangiga qiziqish bildirsa, biz bu super to'qnashuvni amalga oshiramiz", — dedi Koker.
Fikrlar