16 apr 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator prezidenti Nemkov-Anderson revansh jangi qachon bo'lib o'tishini malum qildi
Nemkov-Anderson revansh jangi qachon bo'ladi.
Bellator prezidenti Skott Kokerning aytishicha, yarim og'ir vazn toifasidagi Vadim Nemkov va Kori Anderson o'rtasidagi revansh 6 oy ichida bo'lib o'tishi mumkin.
"Endi biz yig'ilib, yaqin uch-to'rt oy ichida bu jangni tashkil qilishimiz kerak. Biz ikkala yigitning ham to'liq tiklanishiga va to'liq yig'in o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lishiga ishonch hosil qilishimiz shart. Hammasi tugashi bilan bu revanshni albatta o'tkazamiz. Ehtimol, yozning oxiri, avgust yoki sentyabrda", - dedi Koker.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar