07 jan 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Bellator prezidenti: UFC shunday jangchilardan voz kechayotgani g'alati
Bellator prezidenti Skott Koker UFCning Kori Anderson, Yoel Romero va Entoni Jonson kabi kuchli jangchilar bilan shartnomani bekor qilganiga o'z fikrini bildirdi.
"UFC shunday jangchilardan voz kechayotgani g'alati. Ammo bu bizga juda yaxshi ekanligini ham aytib o'tish joiz.
O'ylashimcha, bu jangchilarga UFCdan ko'ra Bellatorda yaxshiroq bo'ladi. Bizda hammasi boshqacha, bu erda bir oiladekmiz. SHu jihatdan UFCdan ajralib turamiz.
Bu UFC uchun juda yomon, biz uchun esa juda yaxshi yangilik", - dedi Skott Koker.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar