28 mar 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator sobiq chempioni Rayan Beyder PFL'ni tark etdi
Bellator'ning yarim og'ir va og'ir vazn toifalaridagi sobiq chempioni, shuningdek, UFC sobiq jangchisi Rayan Beyder o'zaro kelishuv asosida PFL Ligasi bilan shartnomasini bekor qildi.
Bu haqda insayder Ariel Xelvani o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Mavjud malumotlarga ko'ra, Beyderning PFL bilan shartnoma asosida bitta jangi qolgan. Biroq, muzokaralardan so'ng, Liga rahbariyati Rayanni qo'yib yuborishga qaror qilgan. Jangchining o'zi va uning jamoasi tashkilotni tark etish shartlaridan mamnun. Hozirgi vaqtda Beyder erkin agent hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar