06 sen 11:37
Yangiliklar
Bellator sotilishini eshitgan UFC prezidenti hayratini yashira olamadi
UFC prezidenti Dana Uayt ushbu yangilikka munosabat bildirdi.
"Nima uchun? Bu koinotda kimning miyasiga Bellator promoushenini sotib olish istagi keldi? Agar biz biznes va to'g'ri qaror qabul qilish haqida gapirayotgan ekanmiz, Bellator`ni xarid qilish eng yomon qaror bo'ladi. Tasavvur qilyapsizmi? Ochig'i, men shuni tushunmayapman. Keling, oxiri nima bilan tugashini kuzatamiz. Bu yanayam qiziq bo'lsa kerak", - dedi UFC rahbari Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
Darvoqe, Uayt PFL ligasi Bellator tashkilotini 500 million dollarga sotib olmoqchi ekanini eshitganda xayrati yana ham oshdi.
"Bellator uchun 500 million dollar? Ajoyib. Qaroqchilikka, rasmiy talonchilikka o'xshaydi. Bu shunchaki ahmoqlik", - deya qo'shimcha qildi Uayt.
Fikrlar