20 dek 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator va PFL promomushenlari jangchisi 27 yoshida vafot etdi
Bu haqida PFL rasmiy sahifasi xabar berdi.
PFL va American Top Team sobiq Bellator va PFL jangchisi Jordan Yang 18 dekabr kuni vafot etganini xabar qildi.
Sportchining o'limiga nima sabab bo'lgani hozircha nomalum. Yangning MMAdagi professional rekordi 11-2 edi. Jangchi 2017 yilning yanvar oyidan 2019 noyabriga qadar Bellator'da jang qilgandi. Undan so'ng esa PFL'ga o'tgan.
Jordan Yang o'zining so'nggi jangini 27 oktyabr kuni Omari Axmedovga qarshi o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar