So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

28 mar 20:33
Yangiliklar

Dzyudo

Beloded - 18 yoshida ikki karra jahon chempioni bo'lgan dunyoning eng yosh dzyudochisi! (Sara suratlari+18)

Ukrainalik 19 yoshli dzyudochi Darya Beloded ikki karra jahon chempioni bo'lgan sayyoramizning eng yosh dzyudochisi hisoblanadi.

Beloded o'tgan yili dzyudo vatani - Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida ikkinchi bor o'z vaznida dunyoning eng kuchli sportchisi ekanini amalda isbotlagandi. Finalda u yaponiyalik Funa Tanakini vazari bahosi evaziga mag'lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylangan va shu bilan bilan birga unvonini himoya qilgandi. Final kuni ukrainalik dzyudochi 18 yoshu 11 oylik edi.

Darya Beloded - 2000 yilning 10 oktyabr kuni Ukrainaning Kiev shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi mashhur dzyudochi Gennadiy Bilodid, onasi esa Svetlana Kuznecova. Darya yoshligidan otasi izidan borib, dzyudo bilan professional tarzda shug'ullana boshladi. Aynan ota-onasi uning ilk murabbiylari edi.

Dasha 2015 yilda aytishga arzigulik ilk yutuqlariga erishdi. Avvaliga mamlakat chempioni bo'ldi. Keyin esa Evropa hamda jahon chempionatining oltin medallarini ham qo'lga kiritdi.

Kattalar o'rtasidagi ilk medaliga esa 2017 yilda ega chiqdi. O'sha yilning mart oyida u Praga shahrida o'tgan Qitalararo ochiq kubokda shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 2017 yilning 20 aprel kuni Beloded Polsha poytaxti Varshava shahrida Evropa chempioni bo'ldi. -48 kg vaznda tatamiga chiqqan Darya final bellashuvida rossiyalik Irina Dolgovani mag'lubiyatga uchratdi. 

2018 yili hali 18 yoshga ham to'lmagan qahramonimiz kattalar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi. Beloded ikkinchi davradan bahslarga kirishdi va finalga qadar Distriy Krasniki (Kosovo), Yao Ksiong (Xitoy), Galbadraxin Otgonceceg (Qozog'iston), Paula Pareta (Argentina)dan ustun keldi. Pareta Rio-2016 Olimpiadasi chempioni edi. Uch daqiqa davom etgan final uchrashuvida esa amaldagi jahon chempioni, yaponiyalik Funa Tanakini sof ippon bahosi evaziga mag'lub etdi va 17 yoshida jahon chempioniga aylandi.

Bu bilan Darya Beloded dzyudo tarixidagi ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida eng yosh jahon chempioni degan maqoni o'ziniki qilib oldi. O'tgan yili Tokioda o'tgan jahon chempionatida esa u chempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi. Bu safargi finalda ham Funa Tanakini engishga muvaffaq bo'ldi.

Erishgan yutuqlari:

Jahon chempioni — 2018, 2019

Evropa chempioni — 2017, 2019

Qitalararo ochiq Kubok — 2017

Jahon chempioni U18 (kadetlar o'rtasida) — 2015

Evropa chempioni U18 — 2015, 2016

Evropa Kubogining kumush medali sohibasi U21 — 2016

Evropa Kuboklari g'olibasi U18: Zagreb — 2015, Teplice — 2015, Kluj-Napoka — 2015, Zagreb — 2016, Teplice — 2016

Ukraina chempioni U21 — 2015, 2016

Ukraina chempioni U18 — 2015, 2016

Ukraina chempioni U17 — 2014, 2015

Ukraina chempioni U16 — 2014

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing