18 apr 12:36
Yangiliklar

Ben Askren va Jeyk Pol o'rtasidagi jang birinchi raunddayoq yakunlandi + FOTO
Askren Triller Fight Club professional boks kechasining markaziy jangida taniqli videobloger Jeyk Polga qarshi ringga ko'tarildi. Jang biroz kutilmaganda birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Pol o'ng qo'lda yo'llagan aniq zarbasi evaziga Benni texnik nokautga uchratdi. Garchi Askren o'rnida tura olgan bo'lsa-da, referi uning holatidan kelib chiqib jangni davom ettirmaslikni lozim topdi.
Darvoqe, Ben Askren prof boksdagi debyut jangida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, MMAdagi faoliyati davomidagi eng katta gonorarga ega bo'ldi. Jorjiya shtatining Atletik komissiyasi tasdiqlagan xabarga ko'ra, Askrenning bu jang uchun kafolatlangan gonorari 500 ming dollarni tashkil etgan. YouTube va Instagram yulduzi esa o'zining bankdagi hisobini 690 ming dollarga boyitib oldi.
Fikrlar