01 okt 15:25
Yangiliklar

Benua Sen-Denining jangi rasman tasdiqlandi + POSTER
Engil vazn toifasi reytingida 13-o'rinni egallab turgan franciyalik Benua Sen-Deni o'zidan 4 pog'onada borayotgan asli kelib chiqishi eronlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Beneil Dariushga qarshi oktagonga chiqadi.
UFC 322 turnirining asosiy jangi avstraliyalik UFC chempioni Jek Della Maddalena hamda rossiyalik sobiq chempion Islam Maxachev o'rtasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 6 sentyabr kuni Parij shahrida o'tgan UFC Fight Night 258 turnirida Benua braziliyalik Maurisio Ruffini ikkinchi raundda bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Beneil esa 27 iyun kuni Las-Vegasda o'tkazilgan UFC 317 turnirida braziliyalik Renato Moykanodan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun kelgandi.
Fikrlar