01 avg 11:19
Yangiliklar
Besh nafar engil atletikachimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Dunyoning eng kuchli atletlari qatnashadigan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi. Butunjahon engil atletika federaciyasi mazkur dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasining 5 nafar azosi qatnashishini tasdiqladi.
Unga ko'ra, Ekaterina Voronina etti kurash, SHarifa Davronova uch hatlab sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Safina Sadullaeva balandlikka sakrash, Ekaterina Tunguskova marafon yugurish dasturlarida o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Qayd etish joiz, bellashuvlar davomida sportchilarimiz Parij-2024 normativlarini bajarishsa, Olimpiada yo'llanmalarini ham qo'lga kiritishlari mumkin.
Yurtdoshlarimiz musobaqada quyidagi sanalarda chiqishadi:
19 avgust: Ekaterina Voronina (100 metrga to'siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish), SHarifa Davronova (saralash);
20 avgust: Ekaterina Voronina (uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish);
21 avgust: SHarifa Davronova (final);
23 avgust: Anvar Anvarov (saralash);
24 avgust: Anvar Anvarov (final);
25 avgust: Safina Sadullaeva (saralash);
26 avgust: Ekaterina Tunguskova (final);
27 avgust: Safina Sadullaeva (final).
Fikrlar