So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

22 iyu 19:13
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Beshinchisi navbatini kutmoqda: Xabib amerikaliklarga qarshi qanday jang qilgan?

7 sentyabr kuni engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining navbatdagi jangini vaqtinchalik UFC kamari sohibi amerikalik Dastin Porega qarshi o'tkazadi.

Bu jang Xabib uchun amerikaliklarga qarshi beshinchi jangi bo'ladi. Bugun «Burgut»ning amerikaliklarga qarshi o'tkazgan janglarini yodga olamiz.

1. Pet Xili

23 sentyabr, 2013 yil

Xabibning amerikaliklarga qarshi o'tkazgan birinchi jangiga ham besh yildan oshdi. Pet Xili Xabibga to'qnash kelgan birinchi amerikalik bo'lgan. Pet o'sha vaqtlarda UFC reytingining kuchli o'nligiga kirgan. Aynan, u Xabib uchun dastlabki jiddiy raqib hisoblangan. Lekin «Burgut» amerikalikka qarshi kechgan bellashuvda hech qanday qiyinchilikka uchramaydi. Doimgdek uning ustunligi bo'lgan teykdaunlardan unumli foydalandi, uchrashuvni o'z nazoratida o'tkazadi. Bahs to'liq davom etgan bo'lsada, Xabib butun jang davomida ustunlikka ega bo'ladi. Hakamlar bir ovozdan Xabibning g'alabasini elon qilishadi. 


2.Darrel Xorcher

16 aprel, 2016 yil

Xabib UFCda o'zini tezda ko'rsata boshladi. Lekin, kutilmaganda olgan jarohati uni ikki yilga sportdan tashqarida yurishga majbur qildi. Ikki yillik tanaffusidan so'ng Nurmagomedov UFC debyutanti Darrel Xorcherga qarshi oktagonga chiqdi. Aslida, UFC on Fox 19 kechasida Xabibga Toni Fergyuson raqiblik qilishi lozim edi. Ammo jangga oz muddat qolganida, Toni jarohat olgani sababli, UFC «Burgut» uchun tezda raqib qidirishni boshlaydi. SHundan so'nggina, Darrel Xorcher unga raqiblik qiladigan bo'ldi. G'alati tuyulishi mumkin, lekin bu jang favoriti Xorcher bo'ladi. Xabibning g'alaba qozonishi juda qiyin deb etirof etilgandi. Bahs Xabib uchun juda qiyin kechadi. Dastlabki ikki raundda teng kurashlarda kechgan jangning uchinchi raundiga kelibgina chempion raqibini «yanchib» tashlaydi. Keyinchalik Xabibning o'zi ham faoliyatidagi eng qiyin to'qnashuv Darrel Xorcherga qarshi bo'lganini aytgandi. 


3.Maykl Jonson

12 noyabr, 2016 yil

Aynan shu turnir Nyu-Yorkdagi debyut UFC oqshomi bo'lgan. SHu boisdan UFC rahbariyati ko'proq yulduzlarni bu kechaga olib kelishga harakat qiladi. Nyu-Yorkda Xabib Maykl Jonsonga qarshi jang qiladi. Maykl haqida qisqacha malumot - Toni Fergyuson hamda Dastin Poreni mag'lub etgan yagona MMA jangchisi hisoblanadi. SHu boisdan, bu to'qnashuv ham Xabib uchun murakkab kechishi aytilgandi. Lekin, Xabib barcha havotirlarni yo'q qilib yubordi. U raqibidan har bir jabhada ustunlik qildi. Jonsonni xohlaganicha parter holatiga turishdi. Uchinchi raundga kelib esa, Xabib og'rituvchi usul bilan raqibini nakout qilishga erishdi. Bu g'alaba Xabib uchun amerikaliklar ustidan qozonilgan uchinchi g'alaba edi.

  

4.El Yakvinta

7 aprel, 2018 yil

Jonsonga qarshi jangdan so'ng bir yarim yil o'tib Xabib yana bir bor amerikalik sportchi bilan jang qiladi. Bu jang Xabib uchun o'ta muhim bahs bo'ladi. Sababi, aynan shu to'qnashuv g'olibi UFC kamarini qo'lga kiritish imkoniga ega bo'lardi. CHempionlik jangi uchun Yakvinta to'satdan kelib qolgandi. Ha to'satdan. Aslida Xabibga qarshi dastlab Toni Fergyuson jang qilishi lozim edi. Lekin yana Fergyuson jarohat oladi. Bu sanoq bo'yicha to'rtinchi marta Xabib-Toni jangi bekor bo'lishga sabab bo'ldi. Toni jarohat olganidan so'ng Xabibga Maks Xollouey taklif qilindi. Rossiyalik Maks bilan jang qilishga rozilik beradi, lekin Maks kerakli vaznga chiqolmasligini malum qilib, bu jangdan voz kechadi. SHundan so'ng boshqa raqib qolmagani sababli, o'sha vaqtda UFC reytingining 11-o'rinidan joy olgan El Yakvinta Xabibga raqiblik qiladigan bo'ldi. El bu jangga umuman tayyor emas edi, lekin jang tashkil etildi. Yakvinta bor kuchini ishga solishga harakat qildi. Jang to'liq Xabibning ustunligi ostida kechgan bo'lishga qaraman, to'liq besh raund davom etadi. Faqatgina ochkolar hisobiga ko'ra Xabib engil vazn toifasida UFC chempionligini qo'lga kiritadi.

Xabibning amerikalik sportchilarga qarshi 5-jangi shu yilning 7 sentyabrida o'tkaziladi. O'sha kuni dog'istonlik yulduz Abu-Dabi shahrida Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. 


champpionat.com sayti asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing