29 mar 08:02
Yangiliklar
Beshta medal bilan 80 davlat orasida 5-o'rinni egalladik + JADVAL
Nufuzli musobaqada sayyoramizning 5 qitasi 80 davlatidan jami 441 (241 erkak, 200 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini terma jamoamizning 18 dzyudochimiz himoya qildi. Ulardan 5 nafari o'z vazn toifalarida shoxsupaga ko'tarilishdi. Sakson davlatdan 22 tasi kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritdi. O'n besh mamlakat hisobida kamida bittadan kumush, 11 davlatda esa oltin medal bo'ldi.
So'nggi uchinchi kungi bahslarda Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To'raboev (-100 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu bilan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o'rinni egalladi.
Oltin medal
-66 kg: Sardor Nurillaev
Kumush medal
-60 kg: Kemran Nurillaev
Bronza medal
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni Gruziya terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etdi. Kanada 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka mo'g'ulistonlik dzyudochilar 2 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakun yasashdi. Bizdan avvalgi o'rinni Italiya terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan egalladi.
Fikrlar