23 mar 07:37
Yangiliklar
Beterbiev Bivol bilan jang qilishi mumkin
Bu haqda Beterbievning murabbiyi Mark Remzi gapirib berdi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, agar Bivol 1 mayda Kreyg Richardsni mag'lub etsa, birlashtiruvchi jang o'tkazilishi mumkin.
"Ha, biz birlashtiruvchi jangdan manfaatdormiz. Kimga qarshi ekanligi muhim emas. Bu Bivol - Richards jangi g'olibi yoki Vlasov - Smit jangi g'olibi bo'ladi ", - deya Remzining so'zlarini keltiradi TASS.
Eslatib o'tamiz, 20 mart kuni Artur Beterbiev germaniyalik Adam Deynesni mag'lub etgan edi. Rossiyalik bokschi 10-raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozondi. Hakam raqib chuqur nokautga uchraganidan so'ng jangni to'xtatdi. SHu bilan birga, Deynes birinchi raundda yiqitildi, ammo kurashni davom ettirishga muvaffaq bo'ldi. Beterbiev uchun ushbu bahs 2019 yil oktyabr oyidan beri birinchi uchrashuv bo'ldi.
U ukrainalik Oleksandr Gvozdikni nokautga uchratib, WBC kamarini undan tortib olgandi. Umuman olganda, u professional boksda 16 ta jang o'tkazgan va unda 16 ta g'alabani qo'lga kiritgan.
Fikrlar