19 dek 15:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev - Krouford haqida: "Uch vazn toifasida birinchi mutlaq chempion bo'lish - bu juda kam uchraydi"
Artur Beterbiev Terens Krouford faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Professional boks tarixida uch vazn toifasida ilk bor mutlaq chempion bo'lish va buni mag'lubiyatsiz amalga oshirish — bunday yutuqlarga faqat sanoqli sportchilar erisha oladi. Ayrimlar bunday natijalarni umuman imkonsiz deb hisoblashi mumkin, ammo Krouford buni uddaladi.
SHunday tarixiy faoliyat bilan tabriklayman. U bilan tanish ekanligimdan xursandman", — dedi Beterbiev.

Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar