19 jan 16:02
Yangiliklar

Beterbiev MakGregor va Meyvezer jangini "spektakl" deganini izohladi
"Esimda, o'shanda Monrealda edim va bu jang kinoteatrlarda jonli efirda namoyish etilgandi. Rostini aytsam, Meyvezerni xafa qilmayman, u zo'r bokschi, shuncha janglar o'tkazdi, shuncha g'alaba qozondi va mag'lubiyatsiz keldi - lekin men hech qachon uning sanati, odob-axloqiga muxlislik qilmaganman. Men hech qachon uning jangini ko'rmaganman, ammo MakGregor meni jangni ko'rishga majbur qildi. Men Makgregorga ustunlik berdim, o'yladim: uning chap qo'li yaxshi, mustahkam turadi, orqa qo'li yomon emas. Ular bu jangni juda faol targ'ib qilishdi - juda ko'p shoular bo'ldi! Lekin birinchi raund tugadi va men ko'rdimki hammasi...
Birinchi, ikkinchi va uchinchi raundlarda MakGregor nima qilsa qildi, chunki Meyvezer unga qo'yib berdi. Hozirda bu vazndagi eng yaxshi 10 ta jangchining istalgani boksda o'sha paytdagi Meyvezerdan tezroq jang qilar edi. Faqat boshqa darajada. Tasavvur qiling: MakGregor kabi sport ustasi darajasidagi odam xizmat ko'rsatgan sport ustasiga qarshi. Katta farq bormi? SHuning uchun koncert. Spektakl.
Yo'q, menimcha, kelishuv bo'lmagan. Ammo Meyvezer fonida katta farq, katta bo'shliq bordek tuyuldi. Yana Makgregorni sport ustasi darajasida deb xafa qilmoqchi emasman", — Beterbievning so'zlarini keltiradi Sport24.
Fikrlar