24 mar 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev nima uchun MMAda jang qilmoqchiligini tushuntirdi
Yarim og'ir vazn toifasidagi WBC va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev nima uchun aralash jang qoidalari asosida jang o'tkazish istagini bildirganini aytib o'tdi.
"Bu qiziq. Ham sport ham pul komponentlari qiziqarli. Hozircha boks bo'yicha jahon chempioni va amaldagi UFC chempioni o'rtasida jang bo'lmagan. MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazish men uchun qiziq bo'lardi.
Biz boks qoidalari bo'yicha jang ko'rdik: UFCdagi eng yaxshi jangchilardan biri professional bokschiga qaraganda ancha past bo'lgan", - dedi Beterbiev "Don" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer 2017 yilda ikki vaznda UFCning sobiq chempioni Konor Makgregorni boks qoidalariga asoslangan jangda nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar