27 jan 08:24
Yangiliklar
Beterbiev Usik bilan jang qilishga tayyor ekanini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida rossiyalik bokschi, WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev (18-0) og'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (20-0) bilan birinchi og'ir vazn toifasida jang qilishi mumkinligini aytdi.
"Usik bilan jang qilamanmi? Bilmadim. U ham og'ir vaznda jang qiladi. Birinchi og'ir vaznda bo'lsa, mayli, lekin og'ir vaznda bo'lmaydi. Men unchalik vazn yig'a olmayman", - deya takidlagan Beterbiev Boxing Social nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Artur Beterbiev 28 yanvar kuni Buyuk Britaniya vakili Entoni Yardga (23-2) qarshi jang qiladi.
Artur Beterbiev so'nggi bor 2022 yil 18 iyun kuni amerikalik Jo Smit Juniorga (28-4) qarshi jang qilib, texnik nokaut evaziga g'olib bo'lgan edi.
Fikrlar