29 dek 14:26
Yangiliklar
Beterbievning jangi koronavirus sabab bekor bo'ldi
Rossiyalik jahon chempionining jangi 2021 yilning 30 yanvar kuniga belgilangandi. Beterbiev shu kuni germaniyalik Adam Deynesga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
"Qadrli do'stlar! Afsuski, menda koronavirus tasdiqlandi. SHu sababdan mening Adam Daynes bilan o'tkazadigan jangnim nomalum muddatga ko'chiriladi. Imkon qadar tezroq kasallikdan forig' bo'lib, safga qaytishga harakat qilaman. Meni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, aslida Beterbiev — Deynes jangi oktyabr oyida o'tkazilishi lozim edi. Lekin Arturning jarohati sabab jang qoldirilgandi. Beterbiev oxirgi jangini 2019 yilning oktyabr oyida ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi o'tkazib, raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar