01 iyu 19:01
Yangiliklar
Bilal Maxov doping javobini kutmoqchi emas
Erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi, uch karra (2007, 2009, 2010) jahon chempioni, jahon chempionatlarining kumush (2011) va bronza (2015) medallari sovrindori, Evropa chempioni (2010), yunon-rim kurashida jahon chempionatining bronza (2014, 2015) medali egasi hisoblangan rossiyalik sportchi shu yilning fevral oyida doping aniqlangan edi.
Aniqrog'i, Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tomonidan fevral oyida o'tkazilgan tekshiruvda Maxovning qon tarkibida bo'yni o'stiradigan gormon aniqlangan. U yanvar oyida reyting ochkolarini beruvchi Rim turniri finalida 32 yoshli Bilal eronlik raqibiga yutqazib qo'ygandi.
Garchi sportchini 4 yillik diskvalifikaciya kutayotgan bo'lsa-da, u taslim bo'lmoqchi emas. Maxov doping qoidalariga xilof ish qilmaganini aytmoqda. RUSADA hali yakuniy qarorni elon qilmagan.
Fikrlar