11 sen 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilarmidingiz? Getji Xabibga to'rt yil avval yordam bergan
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari sohibi Jastin Getji mutlaq chempion Xabib Nurmagomedovga to'rt yil avval yordam bergan.
Bu haqida rossiyalik jangchi takidlab o'tdi.
“Biz Jastin bilan ancha yaxshi tanishmiz. U menga 2016 yilda jiddiy jarohatimdan so'ng janglarga vazn tashlash uchun yordam bergan. U malum vaqt davomida men bilan shug'ullangan. U haqida faqat yaxshi fikrlar bildirishim mumkin. U o'zining kuchi va ishtiyoqi sababli hozirda UFC'ning vaqtinchalik chempioni”,-dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Jasin Getji o'rtasidagi jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. To'qnashuv UFC 254 kechasining markaziy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar