30 iyu 20:36
Yangiliklar

Bilasizmi? Rio-2016 Olimpiadasining boks musobaqalaridagi barcha hakam va referilar chetlatilgandi
Washington Post nashri, 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari boks musobaqalaridagi adolatsizliklar haqida bir maqola elon qilgandi. Tokio-2020 Olimpiadasidagi hakamlikdan aziyat chekayotgan paytimiz, 4 yil oldingi voqealarni eslash zarar bo'lmaydi.
Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida bir necha savolli vaziyatlar yuz bergandi. Bir necha sportchilar hakamlikdan aziyat chekishganidan norozilik ham bildirishgandi ham. Irlandiyalik bokschi Maykl Konlan ochiqchasiga havaskor boks to'la korrupciya ekanligini iddao qilgandi.
O'shanda boks hakamlik qo'mitasini butkul tozalash ishi boshlangandi. Ish esa Rio-2016 da ishlagan barcha 36 referi va hakamlarni chetlatishdan boshlangandi.
"Rio-2016 AIBA uchun sinish pallasi bo'ldi", -degan edi prezident CHing Kuo Vu olimpiadadan so'ng.
Etiroz bildirgan sportchilar ro'yxatida, Fazliddin G'oibnazarovning raqibi Garri Rassel ham bor edi. Rasselning otasi "Menda hakamlarni sotib olish uchun pul yo'q", - deb fikr bildirgan.
Qozog'iston vakili Vassiliy Levitning rossiyalik Evgeniy Tishenkoga qarshi jangida rossiyalikning g'alabasi elon qilinganda esa, arena etiroz bildirganlarning uvillashidan larzaga kelgandi.
Fikrlar