22 iyu 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilasizmi? SHohjahonning raqibi barcha g'alabalarini muddatidan oldin qo'lga kiritgan
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini meksikalik Angel Martines Ernandesga qarshi o'tkazishi aniq bo'ldi.
Raqibning statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u prof boksda 17 marotaba ringga ko'tarilgan. 14 ta jangda g'alaba qozongan. G'alabalarning barchasini muddatidan oldin qo'lga kiritgan. 1 ta jangda mag'lub bo'lgan va yana 2 ta bahsda durang qayd etgan.
SHohjahon Ergashev esa 22 marta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. 19 ta jangda u raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan. Uchta jangi esa to'liq davom etgan.
Eslatib o'tamiz, jang 10 avgust (bizning vaqt bilan 11 avgust tongida) AQSHda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar