17 noy 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad jamoadoshi Islam Maxachevni tabrikladi
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Bilol Muhammad jamoadosh do'sti, rossiyalik Islam Maxachevni kechagi g'alaba bilan tabrikladi.
Maxachev UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag'lubiyatga uchratib, yarim o'rta vaznning yangi chempioniga aylangan edi.
"Islam ikki karra champion unvoniga erishganidan xursandman. Bu bizning sportda afsonaviy maqom hisoblanadi. Xabib va uning jamoasi bunga loyiq. Meni esa keyingi hafta qiladigan ishim bor. Hozircha bor etiborim shu jangda", deb yozgan Bilol X (Twitter) sahifasida.
Muhammad 22 noyabr kuni irlandiyalik Ien Gerri Machado bilan jang qiladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar