23 iyu 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilol Muhammad: "Maxachev Maddalenani kurashi orqali engishi mumkin"
Yarim o'rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Bilol Muhammad Islam Maxachev Jek Della Maddalenani qanday mag'lub etishi mumkinligini tushuntirdi.
Maxachev menejerining so'zlariga ko'ra, Maddalena bilan yarim o'rta vazn toifasi chempionligi uchun jang oktyabr yoki noyabr oyida bo'lib o'tishi mumkin.
"Ko'ramiz, Islam engil vaznga nisbatan yarim o'rta vazndagi farqni his qilarmikan. Lekin u kurash orqali Maddalenani mag'lub eta oladi, deb o'ylayman. Islamning ustunligi kurashda, Maddalena tik turgan holda kuchli. Men shunday degan bo'lardim", deydi Muhammad..
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar