25 apr 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilol Muhammad: "Maxachev Topuriya bilan jangdan hech narsa yutmaydi"
Bilol Muhammad Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"O'sha paytdagi vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchi bo'lgan Volkanovskiga qarshi bo'lgan juda yaqin jangdan keyin ham,odamlar: "U finish qilolmadi. Buni qila olishi kerak edi, raqib 65 kg vaznli jangchi edi" deyishdi.
Topuriya Volkanovskidan ham kichikroq ko'rinadi. Agar u yuqori vaznga o'tib, Maxachev unga qarshi osonlik bilan g'alaba qozonsa, odamlar aytadi: "Topuriya yarim engil vaznlik. U yana u vaznga qaytishi mumkin".
SHuning uchun, Maxachev bu jangdan hech qanday foyda ko'rmaydi", — dedi u MMA Fighting’ga.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar