26 apr 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilol Muhammad Maxachevning ehtimoliy raqiblarini sanadi, bu ro'yxatda Topuriya yo'q
Yayarimo'rta vazn (77 kg)da UFC chempioni Bilol Muhammad engil vazn (70 kg) chempioni Islam Maxachevning ehtimoliy raqiblarini sanar ekan, Iliya Topuriyani bu ro'yxatga qo'shmadi.
"Hozirda engil vaznda Maxachevga mos keladigan jangchilar bor. Masalan, Jastin Getji — u Fizievni mag'lub etdi va so'nggi to'rt jangdan uchtasini yutgan. SHuningdek, Maxachev unga qarshi hali jang qilmagan.
Peddi Pimblett ham bor — u CHendler ustidan katta g'alabaga erishdi va unda mashhurlik bor. SHu boisdan Islam va Pimblett jangidan ham mantiq bor.
SHuningdek, revansh kutayotgan CHarlz Oliveyra va Arman Carukyan ham bor. Qisqasi, talabgorlar etarli", — dedi Muhammad.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar