19 okt 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad Rahmonov bilan jang uchun taxminini aytdi
UFC chempioni Bilol Muhammad SHavkat Rahmonov bilan jangda nimaning evaziga g'alaba qozonmoqchi ekanini aytdi.
"Bu yigitning kuchli irodasi bor. Lekin u hozir yana bir katta kuchga qarshi to'qnash kelishi kerak. Endi u taslim bo'lmaydigan odamning qarshisida. U hali menga o'xshaydiganini uchratmagan.
U favorit, etakchi bo'lishga o'rganib qolgan. Lekin endi uning o'zi etakchini quvishi lozim.
Jangimiz uzoq raundlargacha davom etadi deb o'ylayman, shunda uning qanday nafas olishini kuzatish mumkin bo'ladi. CHunki istalgan raqib so'nggi raundlarga kelib charchaydi, xatto u ajoyib funkcional tayyorgarlikka ega bo'lsada", - dedi Muhammad.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar