23 iyu 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad Xabib navbatdagi jangiga tayyorgarlikda qay tarzda yordam berayotganini aytdi
UFC jangchisi Bilol Muhammad Leon Edvard bilan jang oldidan Xabib Nurmagomedovdan maslahatlar olganini aytdi.
"Xabib bilan gaplashish menga ko'p narsada yordam beradi - jismoniy va ruxiy tomonlama. U bilan mashg'ulotlar qolganlarnikiga qaraganda 20, 30, 40 va xattoki 50 barobar foyda olib keladi.
Uning kuchini, bilimini his qilish - bebaho. Xabib men uchun Leonni tahlil qilib berdi, jang rejasi uchun o'z maslahatlarini berdir.
Uning bilimi cheksiz, men uchun u MMA tarixidagi eng zo'r jangchi. Xabib menga akamdek. Istalgan payt unga yozib, maslahat so'ray olaman. U esa doimo javob beradi", - dedi Bilol Muhammad.
Havola :
Manba : Sports Illustrated
Fikrlar