15 dek 10:12
Yangiliklar
Dzyudo
Bir guruh referilarimiz Istanbuldagi IJF seminarida ishtirok etyapti
Kecha Turkiyaning Istanbul shahrida hakamlar uchun xalqaro texnik seminar o'z ishini boshladi.
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) tomonidan tashkil etilayotgan ikki kunlik seminarda qoidalarga kiritilgan o'zgarishlar referilarga etkazilmoqda. 2025 yilgi mavsumdan etiboran bu yangi qoidalar asosida musobaqalar o'tkaziladi.
Bu muhim seminarda bir guruh hakam va murabbiylarimiz ham ishtirok etishyapti. Ular orasida xalqaro Olimpiya toifasidagi referilarimiz Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar hayati raisi Bahodir Uzakberganov, murabbiylar Tohir Fayziev, Iskandar Rasulov, Aziz Toshmatov, Rahim Subhonovlar bor.
Istanbuldagi xalqaro seminar bugun ham o'z ishini davom ettiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar