26 avg 10:39
Yangiliklar
Bir kishi kam bo'lib qolgan "Al Nassr" 0:2ni 3:2ga aylantira oldi + VIDEO
O'yin Dammamdagi "Al Ittifoq — Abdulla Al-Dabil" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.
12-daqiqada mehmonlar darvozaboni Bento qizil kartochka oldi. 31-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Ondrey Duda hisobni ochdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda yarim himoyachi Alvaro Medran "Al Ittifoq"ning ustunligini mustahkamladi. 74-daqiqada hujumchi Sadio Mane "Al Nassr"ning hisobdagi farqini qisqartirdi. Uch daqiqa o'tib, himoyachi Abdulela Al Amri muvozanatni tikladi. 90-daqiqada esa Mane dublni rasmiylashtirdi.
"Al Ittifoq" - "Al Nassr" 2:3
Gollar: Duda 31, Medran 45+1 - Mane 74, 90, Al Amri 77.
"Al Nassr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu tanaffusda almashtirildi. Pro-liganing uchta o'yinidan so'ng "Al Ittifoq" 6 ochko to'plab, oltinchi o'rinni egallab turibdi. To'qqiz ochko jamg'argan "Al Nassr" esa birinchi pog'onadan joy olgan.
Fikrlar