So’nggi yangiliklar

21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

09 noy 12:35
Yangiliklar

Tennis

Bir kunda 4 tennischimizda mag'lubiyat. Ko'p emasmi?

O'zbekiston tennisi tobora pastga qarab sho'ng'ib bormoqda.

Kecha to'rt nafar tennischimiz turli shaharlarda o'tkazilgan turnirlarda ilk davra uchrashuvini o'tkazishdi va ularning bari birinchi bahsidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. 

Erkaklar o'rtasida mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov Slovakiyaning Trnava shahrida o'tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi "Fyuchers" turnirida ishtirok etyapti. Yaqinda Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritgan Sultonov 1/16 finalda mezbonlar vakili Lukas Pokorniyga 7/6(3), 3/6, 4/6 hisoblarida yutqazib qo'ydi. 

Taqqoslash uchun, Sultonov dunyo reytingida 424, Pokorniy esa 654-pog'onadan joy olgan. Humoyun mukofot jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil etgan ushbu musobaqaning oltinchi raqamda saralangan tennischisi edi. 

Ayollar o'rtasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennis malikasi Nigina Abduraimova AQSHning CHarlston shahrida o'tkazilayotgan W100 toifasiga kiruvchi turnirda o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Afsuski, hamyurtimiz 1 daqiqasi kam 3 soat davom etgan 1/16 final bahsida amerikalik Makkartni Kesslerga 7/6(3), 6/7(0), 5/7 hisoblaoida imkoniyatni boy berdi. Nigina murosasiz bahsda oxirigacha kurashdi, ammo omad shu kuni mezbon tennischi tomonida bo'ldi.    

Taqqoslash uchun, Nigina Abduarimova WTA reytingida 223, Makkartni Kessler esa 231-o'rinni band etgan. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. 

Yana ikki tennischimiz - Sergey Fomin va Amir Milushev Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan M15 toifasida kiruvchi turnirda ishtirok etyapti. Ular ham ilk davra uchrashuvidayoq raqiblariga yutqazib qo'yishdi. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi hisoblangan Fomin 1/16 finalda turkiyalik Tunjay Duranga 5/7, 6/4, 5/7 hisoblarida mag'lub bo'ldi. Milushev esa rossiyalik Maksim Jukovdan 2/6, 3/6 hisoblarida engildi. 

Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 696, uning raqibi Tunjay roppa-rosa 900, Milushev 1931, Jukov esa 1127-pog'onadan joy olgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing