16 apr 11:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/215019_220.jpg)
Bir million dollarlik jang. Pul hech kimga nasib qilmadi
Bellator 277 turnirining ikkinchi muhim voqeasiga aylangan Vadim Nemkov va Kori Anderson o'rtasidagi Bellator yarimog'ir vazn toifasidagi Gran-prining final uchrashuvi muddatidan oldin yakunlandi, ammo g'olib aniqlanmadi.
Dastlabki raundda chempionga "stoyka"da engilgan amerikalik ikkinchi besh daqiqada vaziyatni nazorat qilishga muvaffaq bo'ldi. Uchinchi raundda Anderson ushbu taktikaga amal qilishda davom etdi va qarama-qarshilikni yana parterda o'tkazdi, o'sha vaqtdagi epizodlarning birida, tanaffus uchun signaldan bir necha soniya oldin, boshlar to'qnashuvi natijasida Nemkovning qoshi qattiq yirtildi.
Hakamga jangni zudlik bilan to'xtatishni tavsiya qilgan shifokor tomonidan ko'rikdan o'tkazilgach, Kaliforniya Atletik Komissiyasining jangni o'tkazgan hakamlar hayati bahsda g'olib aniqlanmaganligini elon qildi.
SHu tariqa, Vadim Nemkov chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi va Bellator yarimog'ir vazn toifasidagi Gran-prisi g'olibi va bir million dollar sohibi revansh jangida aniqlanadigan bo'ldi.
Fikrlar