20 jan 10:16
Yangiliklar

Birinchi bo'lib Fulton! Inouening Stiven Fultonga qarshi jangi bo'yicha kelishuvga erishildi
Eng engil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (24-0) ikkinchi eng engil vazndagi ilk jangini mazkur vaznda WBO va WBC yo'nalishlari chempioni, amerikalik Stiven Fultonga (21-0) qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu haqda ESPN nashri muhbiri, taniqli insayder Mayk Koppinjer Tvitterdagi sahifasi orqali malum qilgan. Koppinjerning yozishicha, ikki tomon jangning shu yil bahorda, Yaponiya mezbonligida o'tkazilishiga kelishib olgan.
Avvalroq, Fulton navbatdagini jangini 25 fevral kuni yarimengil vaznda WBC kamari uchun amerikalik Brendon Figeroaga (23-1) qarshi o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, ushbu vazn toifasida WBA va IBF kamarlari Murodjon Ahmadalievga tegishli.
Stephen Fulton and Naoya Inoue are engaged in talks for a unified 122-pound title fight in the spring in Japan, sources told ESPN. One of the best fights boxing can deliver, let's hope this one happens! Credit to both fighters for pursuing it.https://t.co/7cwRXwR463
— Mike Coppinger (@MikeCoppinger) January 18, 2023
Fikrlar